Nazorat uchrashuvi. "Nasaf" - "Shaxtyor" (Qozog'iston) 2:1

Narzulla Saydullayev
15 yanv 2014
Bugun Antaliyada bo'lib o'tgan navbatdagi nazorat uchrashuvida "Nasaf"ning raqibi Qarag'andaning "Shaxtyor" jamoasi bo'ldi.
Uchrashuvda Ro'ziqul Berdiev shogirdlarining qo'li baland keldi.

Uchrashuvda "Nasaf" jamoasi "Shaxtyor"ni 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. "Ajdarlar"ning har ikkala goliga bu yildan "Nasaf" jamoasi a'zosiga aylangan Igor Taran mualliflik qildi.

Shunday qilib, Ro'ziqul Berdiev shogirdlari ikkinchi nazorat uchrashuvida ham g'alaba qozondi.

Uchrashuv haqidagi batafsil ma'lumotni keyinroq saytimizda e'lon qilamiz.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: voha.uz