Nazorat uchrashuvi. "Nasaf" Rossiya klubini taslim qildi

Narzulla Saydullayev
26 yanv 2024, 20:07
Qarshining "Nasaf" klubi yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Bugun Ro'ziqul Berdiev shogirdlari Rossiyaning "Kuban" klubiga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazishdi va 3:2 hisobida g'alaba qozonishdi. Murodbek Rahmatov dublga erishgan bo'lsa, yana bir golga Akmal Mozgovoy mualliflik qildi.


"Kuban" - "Nasaf" 2:3
"Nasaf" gollari: Murodbek Rahmatov 5, 18, Akmal Mozgovoy 90.
"Nasaf": Umidjon Ergashev, G'olib G'aybullaev, Murodbek Rahmatov, Shuhrat Muhammadiev, Zafar Hakimov, Shahzod Akramov, Marko Stanoevich, Javohir Sidiqov, Nodirbek Mukarov, Islom Kenjaboev, Doniyor Narzullaev.
Zaxiradan tushganlar: Jambuli Jigauri, Asliddin Tursunpo'latov, Igor Golban, Temur Chogadze, Viktor Da Silva, Akmal Mozgovoy, Oybek Bozorov, Sharof Muhitdinov, Javohir O'tamurodov.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Насаф” матбуот хизмати