Nazorat uchrashuvi. "Nasaf" minimal hisobda "Dinamo"dan ustun keldi

Alisher
22 yanv 2022, 16:48
Superliga yangi mavsumiga tayyorgarlik ko'rayotgan Nasaf va Dinamo jamoalari o'zaro nazorat o'yinida maydonga tushishdi.

Qarshida yopiq eshiklar ostida o'tgan bahsda har ikki jamoa bosh murabbiylari Ro'ziqul Berdiev va Predrag Rogan aralash tarkibni maydonga tushirib, bir qator futbolchilarni sinovdan o'tkazdi.

Uchrashuvning 55-daqiqasida bosh hakam Dinamo darvozasi tomon penalti belgiladi. To'pga yaqinlashgan qarshiliklar hujumchisi Husayn Norchaev 11 metrlik jarima zarbasidan jamoasiga g'alaba keltiruvchi gol muallifiga aylandi – 1:0.


O'rtoqlik uchrashuvi. 22 yanvar.

Qarshi, Geolog stadioni.

Nasaf - Dinamo - 1:0 (0:0)

Gol: Husayn Norchaev, 55 penaltidan.



P.S. Ikkala klub ham qaysi futbolchilar maydonga tushgani haqida ma'lumot bermadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: "Динамо" матбуот хизмати