Nazorat uchrashuvi. “Nasaf” - "Mashal" 3:1

Narzulla Saydullayev
20 iyul 2019
Ikkinchi davraga qizg'in tayyorgarlik ko'rayotgan “ajdarlar” kecha Qarshi “Markaziy” stadionida bo'lib o'tgan o'rtoqlik uchrashuvida Muborakning “Mashal” jamoasini qabul qildi.

Qiziqarli kechgan bahsda "Nasaf" ishonchli g'alabaga erishdi – 3:1. Birinchi bo'lib hisobni mezbonlar ochishdi, Bobir Abdixoliqov o'zini ko'rsatdi – 1:0. Biroq ko'p o'tmay Shokir Yo'ldoshev hisobni tenglashtirdi – 1:1. “Gazchilar” o'z jarima maydonchalari ichida Dilshod Saitovga nisbatan o'yin qoidasini buzishdi. 11 metrlik jarima to'pini Azizjon G'aniev raqib darvozasi to'riga joylab qo'ydi - 2:1. Akmal Mozgovoy uchrashuvning so'ngi goliga mualliflik qildi – 3:1.


19 iyul. Qarshi. “Markaziy” stadioni
Nazorat uchrashuvi.
“Nasaf” -“Mashal” 3:1
Gollar
: B. Abdixoliqov, A. G'aniev (pen), A. Mozgovoy - SH. Yo'ldoshev.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz