Nazorat uchrashuvi. Davron Fayziev jamoasi "So'g'diyona"ga yutqazdi

Narzulla Saydullayev
31 avg 2018, 11:13
Ayni damda milliy chempionatimizda tanaffus yuzaga kelganligi va futbolchilar o'yin amaliyotini yo'qotmasligi uchun “So'g'diyona” bir qator o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazishni rejalashtirgan.

Kuni kecha "So'g'diyona" Samarqand shaxriga safar qildi va “Dinamo”ga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazdi. O'yin qiziqarli va shiddatli bo'ldi. Birinchi bo'limda  Ilhom Yunusov jarima maydonini ichida  Izzatilla Abdullaevga nisbatan qo'pollik ishlatdi  hakam “Dinamo” darvozasiga penalti belgiladi . Vaziyatdan foydalangan Nikola Milinkovich 18-daqiqasida hisobni ochdi.  Bahsning 31-daqiqasida Izzatilla Abdullaevning uzatmasidan so'ng  Shoxruz Norxonov “Dinamo” darvozasiga ikkinchi golni kiritdi. O'yinning ikkinchi bo'limida bosh murabbiy Sergey Lushchan yosh futbolchilarga imkoniyat berdi. Bahsning  ikkinchi bo'limda boshqa gol kiritilmadi  va o'rtoqlik uchrashuvida “So'g'diyona”ning qo'li baland keldi. 0:2

Ma'lumot o'rnida, kechagi bahsni  Kim Dong-Xi jarohati sabab, Darvidas Sernas esa Litva terma jamoasidan chaqiruv olgandigi sabab  o'tkazib yuborishdi. “So'g'diyona” navbatdagi nazorat uchrashuvini  6 sentyabr kuni  Toshkentda “Paxtakor” ga qarshi o'tkazadi.


17:30 “Dinamo” stadioni  

Dinamo - So'g'diyona 0:2

Hakamlar:
Jasur Qudratov Sherzod Qamarov Sardor Hakimov Aziz Axtamov

Nazoratchi: X.S Muxtorov.

Gollar: Nikola Milinkovich (18 pen) Shoxruz Norxonov 31

“Dinamo”: Shoxrux Raimov, Xakimjon Alamxonov, Avaz Agaliev, Otabek Narzullaev ,Ilxom Yunusov(s) ,Suxrob Izzatov, Abbos Jumaqulov, Damir Temirov, Jasur Azimov, Viktor Gregorev, Sanjar Baratov.  

Zaxira: Shoxrux Eshbo'taev, Sherzod Jalilov, Jasur Ashurov, Akmal Xolmurodov, Pavel Purishkin, Firdavs Abdusalimov, Komil Sharafutdinov.

“Co'g'diyona”: Shirinboy Abdullaev ,Sardor Qulmatov, Elyor Orifov, Sardor Azimov ,Shoxruz Norxonov, Shaxboz Jo'rabekov, Sanjar Rashidov, Izzatilla Abdullaev ,Milosh Simonovich, Nikola Milinkovich, Nuriddin Xasanov.

Zaxira: Milan Mitrovich, Toxir Shamshitdinov, Saxob Rashidov, Oybek Nurmatov, Ixtiyor Toshpo'latov, Shoxjaxon Xasanov ,Siroj Meliev.

Ogohlantirishlar: Shoxruz Norxonov, Sardor Azimov, Sardor Qulmatov, Nikola Milinkovich, Oybek Nurmatov.

Chetlatish: Firdavs Abdusalimov (2 sk )

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Сўғдиёна” матбуот хизмати