

Bosh murabbiy Vadim Abramov bugungi bellashuvda maydonga yoshartirilgan tarkibni tushirdi. Bunyodkor-akademiyasi maydonida bo'lib o'tgan bellashuv gollarga boy tarzda kechdi. Bunyodkor avvaliga ikki to'p farqi bilan hisobda oldinga chiqib olgan edi. Ammo iroda ko'rsatgan raqib vaziyatni o'nglay oldi va hisobni tenglashtirdi. Biroq qolgan daqiqalarda endi futbolchilar o'z irodasini namoyish qilib, durangni g'alabaga aylantirishdi – 4:2.
Ertaga Bunyodkor navbatdagi nazorat o'yinida maydonga tushadi. Raqib Toshkentning Oq-tepa jamoasi bo'ladi.
O'rtoqlik uchrashuvi
BUNYODKOR - YANGIER - 4:2 (2:1)
5 mart. Toshkent. Bunyodkor-akademiyasi maydoni.
Bosh hakam: Ilgiz Tantashev.
Bunyodkor: Eldor Adhamov, Burxon Usmonov (Muhammadodil Qahramonov), Nodir Mavlonov, Bobur Farhodov, Abubakr Mo'ydinov, Farrux Ikromov, Suhrob Izzatov, Kamron Najafaliev, Sardor Azimov, Sanjar Rihsiboev, Jahongir Abdusalomov (Vladislav Nuriev).
Gollar: Sanjar Rihsiboev, 17 - 1:0. Sardor Azimov, 28 - 2:0. Sanjar Rihsiboev, 75 - 3:2. Sanjar Rihsiboev, 82 - 4:2.



