Nazorat uchrashuvi. "Andijon" "Bunyodkor" bilan durang o'ynadi

Narzulla Saydullayev
20 fev 2020, 14:24
Bugun “Bunyodkor” futbol klubining akademiyasi maydonida “Andijon” hamda “Bunyodkor” jamoalari o'zaro nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

Uchrashuv qiziqarli va keskin kurashlar ostida o'tdi. Lekin, o'yinda g'olib jamoa nomi aniqlanmadi.

Bellashuvning 31-daqiqasida Timur Usmonov raqib darvozasini ishg'ol etib, “Andijon” jamoasini oldinga olib chiqqan bo'lsa, 57-daqiqada Bahodir Pardaev "burgutlar" darvozasini ishg'ol etib, muvozanatni tikladi va bahs 1:1 hisobi bilan o'z yakuniga etdi.

“Andijon” – “Bunyodkor” 1:1

Hakam:
Akobirxo'ja Shukurullaev.

Gollar: Timur Usmonov (31), Bahodir Pardaev (57).

"Andijon": Arslon Ahrorov, Dmitro Zozulya, Usmonali Ismonaliev, Xushnud Avilov, Azamat Isroilov, Farhod Bekmuratov, Jamshid Hasanov, Muhammad Yo'ldashev, Abdulloh Olimov, Siroj Meliev, Timur Usmanov.

Zaxiradagi futbolchilar: Zuhriddin Qahhorov, Qahramon Bahodirov, Jon Lesleon, Baxtiyor Qosimov, Artyom Litvyakov, Farhod Mirahmatov, Nodir Mavlonov, Jahongir Abdumo'minov.

Bunyodkor: Sarvar Karimov, Muhammadodil Qahramonov, Davronjon Ergashev, Abdulla Abdullaev, Suhrob Izzatov, Farrux Ikromov, Lutfulla To'raev, Nurillo To'xtasinov, Doniyor Usmonov, Bahodir Pardaev, G'ulom-Haydar G'ulomov.

Zaxiradagi futbolchilar: Nozimxon Rustamov, Temuriy Bukiya, Abdulaziz Abdusalomov, Rasul Yo'ldoshev.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Андижон” матбуот хизмати