

Birinchi bo'limda har ikki jamoa darvozalarni ishg'ol eta olmagan bo'lsa, ikkinchi bo'limda muxlislar naq 5 ta gol guvohiga aylanishdi.
Uchrashuvning 53-daqiqasida Jezush hisobni ochgan bo'lsa, oradan ko'p o'tmay zahiradan tushgan Chinedu muvozanatni tikladi. Biroq o'yinning qolgan qismida "Orenburg" futbolchilari tashabbusni qo'lga olib, termizliklar darvozasiga yana uchta to'p kiritishdi.
Nazorat o'yini
"SURXON" - "ORENBURG" (Rossiya) 1:4
Gollar: Chinedu (59) - Jezush (53), Bolotov (64), Gorelov (70), Gurluk (82).
"Surxon" (boshlang'ich tarkib): Boymurodov, Nematxonov, Shamsiev, Tursunov, Abdullajonov, Abduhamidov, Zebniauri, Abdurahmonov, Jo'raev, Shukurullaev, Jumatov.
Zahira: Merganov, Ramazonov, Musaxonov, Sherbo'taev, Ashurboev, Karimov, Yusupov, Chinedu, Qodirov.



