Nazorat o'yini. "So'g'diyona" Turkiyada "Bachka" bilan durang o'ynadi

Mirjalol Normatov
6 fev 2019
4 fevraldan e'tiboran "So'g'diyona" Antaliyada o'quv-mashg'ulot yig'inlarini olib bormoqda.

Bugun jamoa futbolchilari Turkiyadagi ilk sinov-nazorat o'yinini o'tkazishdi.

Klub matbuot xizmatining xabariga ko'ra, jizzaxliklarga Serbiyaning "Bachka" jamoasi raqiblik qilgan. Jangovor ruhda o'tgan bahs 2:2 hisobida yakun topgan.

Biroq klub matbuoti tarkib va gollar mualliflarini keltirib o'tmagan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Сўғдиёна" матбуот хизмати