Nazorat o'yini. O'zbekiston chempioni "Rubin" bilan durang o'ynadi

19 yanv 2018, 18:00
BAAning Dubay shahrida yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayotgan "Lokomotiv" klubi bugun Rossiyaning nomdor jamoasi "Rubin" bilan nazorat bahsida maydonga tushdi.

O'zbekiston chempioni "Rubin"ga qarshi o'yinda nursiz durang qayd etdi.


Nazorat uchrashuvi. BAA, Dubay.

"Rubin" (Qozon, Rossiya) - "Lokomotiv" (Toshkent, O'zbekiston) 0:0

Rubin 1-taym: Djanaev, Nabiullin, Granat, Navas, Kambolov, Kudryashov, Ozdoev, Podberyozkin, Axmetov, Kanunnikov, Azmun.

Rubin 2-taym: Rijikov, Ustinov, Kuzmin, Sorokin, Ziganshin, Yakovlev, Maxatadze, Shekari, Goldobin, Gilyazutdinov, Jemaletdinov.

"Lokomotiv" 1-taym:
Nesterov, Maxaradze, Yo'ldoshev, Aliboev, Bikmaev, ABdullaev, Mustafoev, To'xtaxo'jaev, Shoahmedov, Zoteev, Cho S.J

"Lokomotiv" 2-taym:
Ikromov, Yo'ldoshev, Mustafoev, To'xtaxo'jaev, Yelich, Muhammadiev, Mirzaev, Amonov, Karimov, Bekmurotov, Barkov.

Eslatib o'tamiz, "temiryo'lchilar" yig'in doirasida bunga qadar Shotlandiyaning "Aberdin" jamoasi bilan nazorat uchrashuvi o'tkazishgan va 2:0 hisobida g'alaba nashidasini surishgan edi.

"Lokomotiv" BAAdagi yig'ini doirasida yana bir nazorat uchrashuvi o'tkazadi. Bu galgi raqib Rossiyaning "Krasnodar" jamoasi bo'ladi. Bahs 22 yanvar kuni o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia