NAZORAT O'YINI. "Buxoro" Kosovo klubiga kichik hisobda mag'lub bo'ldi

Aslanov Jasurbek
19 yanv 2026
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan "Buxoro" jamoasi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

Kosovo vakiliga qarshi kechgan bahsda bitta gol o'yin taqdirini hal qildi. Birinchi bo'limning 32-daqiqasida Mehdi Shouba tomonidan kiritilgan gol "Drenica"ga g'alaba taqdim etdi.


Nazorat o'yini

"BUXORO" - "DRENICA" (Kosovo) 0:1

Gol: Mehdi Shouba (32).

"Buxoro" (boshlang'ich tarkib): Abdullaev, Todorov, Qulmatov, Mladovich, Yo'ldoshev, Esanov, Jo'raev, Ro'ziev, Qayyumov, Mamasidiqov, SH. Ubaydullaev.

Zahira: Hamraev, Meliev, Jo'rabekov, Muxtorov, Ahmadjonov, Filipovich, Xayrullaev, Rajabov, Bashelashvili, Jo'raboev, Umarov, Muhammadov, Muhammadaminov, Kacharava, J. Ubaydullaev.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Бухоро" матбуот хизмати