NAZORAT O'YINI. "Bunyodkor" Bolgariya klubi ustidan g'alaba qozondi

Aslanov Jasurbek
24 yanv 2026
Yangi mavsumga jiddiy hozirlik ko'rayotgan "Bunyodkor" jamoasi Antaliyadagi uchinchi nazorat o'yinida zafar quchdi.

Bolgariyaning "Dobrudja" jamoasiga qarshi kechgan bahsda bitta gol o'yin taqdirini hal qildi.

Uchrashuvda vakillarimizning chernogoriyalik hujumchisi Matiya Krivokapich tomonidan kiritilgan gol "qaldirg'ochlar"ga kichik hisobdagi g'alabani taqdim etdi. Murabbiylar shtabi ushbu o'yinda ham asosiy, ham zahira tarkib futbolchilariga imkoniyat berib, ularning holatini ko'zdan kechirib olishdi.


Nazorat uchrashuvi

“DOBRUDJA” (Bolgariya) - “BUNYODKOR” 0:1

Gol: Matiya Krivokapich.

“Bunyodkor”: Abdumavlon Abduljalilov, Boburbek Yo'ldoshev, Dmitriy Pletnyov, Marko Bugarin, Bilolxon Toshmirzaev, Shahboz Umarov, Icuki Urata, Dilshod Ahmadaliev, Mirkamol Annamatov, Matiya Krivokapich, Nosirjon Abdusalomov.

Zahiradan o'yinga qo'shilganlar: Najmiddin Normurodov, Muhammadyusuf Sobirov, Muzaffar Olimjonov, Narimonjon Ahmadjonov, Sardor Abdunabiev, Mirkamol Murodov, Shorahim Shorahmedov.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Бунёдкор" матбуот хизмати