

- Oq-tepa yaxshi jamoa, tarkibida mahoratli futbolchilar bor. Ammo bugun bir musht bo'lib g'alaba qozondik. Barcha g'alaba uchun ter to'kdi. Mehmonlar a'zosi qizil kartochka olgani yirik hisobda g'alaba qozonishimizga zamin yaratdi. Jarohat tufayli 4ta o'yinda maydonga tusha olmay, futbolni sog'inib qolgandim. Zaxiradan maydonga tushib, uchta gol urishim jamoadoshlarimning yordami bilan amalga oshdi.



