

Yig'inning ikkinchi kunida jamoamiz safida o'zgarish bo'ldi. “Qizilqum”dagi o'yinlari orqali muxlislar nazariga tushgan Navro'z Alimov tarkibga qo'shildi. Huquqiy jihatdan “Paxtakor”ga tegishli bo'lgan hujumchi o'tgan mavsumni “Qizilqum”da o'tkazgandi.
“Qo'qon-1912” jamoasi murabbiylar shtabida ham o'zgarish yuz berdi. Shu kunga qadar “Andijon”da faoliyat olib borgan Sergey Kovshov “Qo'qon-1912”da ish boshladi. Kovshov bosh murabbiy yordamchisi sifatida faoliyat yuritadi. Sergey Gennadevich bir necha kun oldin jamoamizni tark etgan Vadim Shodimatov o'rnini egalladi.



