Navro'z Alimov gol urdi yoxud “qizillar”ga qarshi “ko'klar” (foto)

Narzulla Saydullayev
5 iyun 2016, 14:01
“Neftchi” bilan bo'ladigan 11-tur uchrashuviga tayyorgarlik ko'rayotgan jamoamiz futbolchilari bugun o'zaro o'yin o'tkazdilar.
“Qizillar” va “Ko'klar” o'rtasidagi baxs “Markaziy” o'yingohida bo'lib o'tdi.


“Qizillar”: R Matnizov (A Baklanov), D Tursunov, J Kimsanov, O Mamajonov, N Qo'ziboev, A Olimov, N Otaqo'ziev, A Nurboev, B Akramov, O Zokirov, F Xasanboev.

“Ko'klar”: G' Xasanov, M Zokirjonov, A Ziyaviddinov, I Malikjonov, I Ilin, A Mamatxo'jaev, O Xaydarov, N Alimov, A Yusupov(A Soipov), M Qurbonov(S Qaxorov), O Rustamov.

DSC_3863 copy copy

 

Uchrashuvni faol boshlagan “ko'klar” 9-daqiqada Navro'zbek Alimovning uzoq masofadan bergan zarbasi evaziga hisobni ochishdi. O'tkazib yuborilgan goldan so'ng raqiblar ham asta-sekin hujumga o'ta boshlashdi.

Uchrashuvning 23-daqiqasida N Otaqo'ziev – B Akramov kombinaciyasidan so'ng, Bahodir chiroyli zarba bilan darvozani ishg'ol qildi. Shu tariqa birinchi bo'lim 1-1 hisobi bilan yakunlandi.

Uchrashuvning 2-bo'limida “ko'klar” tarkibida 2 ta o'zgarish amalga oshirildi. Mirjalol Qurbonov o'z o'rnini Sardor Qohorovga bo'shatib bergan bo'lsa, A Yusupov o'rniga A Soipov maydonga tushdi. “Qizillar”da esa darvozani R Matniyazov o'rniga A Baklanov qo'riqladi.

Ikkinchi bo'limni faol o'tkazgan qizil formalilar yana ikkita gol urishga erishdilar. N Otaqo'ziev darvozabondan qaytgan to'pni golga aylantirgan bo'lsa, B Akramov himoyachilarning xatosidan foydalanib o'z dublini rasmiylashtirdi.

Shu tariqa o'zaro o'yin 3-1 hisobida “qizillar”ning g'alabasi bilan yakunlandi.

DSC_3851 copy copy

DSC_3865 copy copy

DSC_3866 copy

DSC_3876 copy copy

DSC_3906 copy copy

DSC_3882 copy copy

DSC_3895 copy copy

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz