Bunga mamlakatimizning bir qator shahar va tumanlarida barpo etilayotgan yangi stadionlarni misol keltirish mumkin. E'tibor qaratadigan bo'lsak,“Navbahor oxirgi marotaba “Markaziy” stadionda 2011 yilning 9 aprelida o'ynagan. Shundan buyon jamoa uy o'yinlarini Kosonsoyda o'tkazib kelayotir. Bunga sabab, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-2013 yillarda mamlakatda futbolni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risidagi Qaroriga asosan Namangan shahridagi “Markaziy” stadion rekonstrukciya qilinmoqda. Oxirgi paytlarda “Navbahor”ning ushbu stadionida katta o'zgarishlar qilinayotgani xususida ko'p va xo'p gapirilmoqda. Xalqimizda ming marta eshitgandan ko'ra, bir marta ko'rgan yaxshi degan gap bor. Shu bois bevosita xolatning o'zidan xabardor bo'lish maqsadida o'tgan payshanba kuni Namangan tomon safarga chiqdik. “Markaziy” stadionga kirib borar ekanmiz, u yerda ish jadal suratda olib borilayotganiga guvoh bo'ldik. Shuningdek vodiyda har tomonlama, jahon andozalariga to'la javob bera oladigan stadion qad rostlaganini ko'rib suyundik.
Namangandagi “Markaziy” stadionda bizni Ahadxon Ibragimov kutib oldi. Maqsadimizni bilgach, o'zini stadion direktori sifatida tanishtirgan Ibragimov bizni u yerda bo'layotgan o'zgarishlar va qurilish ishlari bilan erinmay to'la tanishtirib chiqdi. Darvoqe, ushbu stadion haqida ikki og'iz, bugungi kunda “Markaziy” nomi bilan yuritilayotgan stadion bundan 30 yil muqaddam hashar yo'li bilan qurilgan ekan. Stadion hududi umumiy aytganda, tahminan 2,5 gektar erni o'z ichiga oladi. Stadionni jahon andozalariga to'la javob berishi uchun, o'tgan yilning sentyabr oyidan boshlab, qayta ta'mirlash ishlari boshlangan. Bu borada Namangan viloyati hokimligining yagona buyurtmachi injinering kompaniyasi (OKS-Otdel kapitalnogo stroitelstva) stadionni rekonstrukciya ishlarini to'la o'z zimmasiga olgan. Aytishlaricha, shu kungacha qurilish uchun 34 millardga yaqin sarf harajatlar amalga oshirilgan. Stadionning oldingi xolatidagi sig'imi, 29700ta muxlisga mo'ljallangandi. Endilikda esa 22000 nafar ishqibozni o'z bag'riga sig'dira oladigan xolatga qisqartirildi. O'rindiklar plastmassa bo'lib, u Qarshi shahridan keltirildi va uni tribunaga aynan qashqadaryolik ishchi xodimlar kelib o'rnatishmoqda. O'rindiqlar ko'k va oq rangda bo'ladi. Markaziy tribunaga qarama-qarshi qanotdagi sektorga o'rindiqlar shunday joylashtiriladiki, unda oq rangli plastmass o'rindiqlardan “Navbahor” yozuvi joriy etiladi. Stadion direktorining aytishicha, ushbu o'rindiqlar uchun mos ravishda maxsus futbolkalar olinadi va shunda ham muxlislar kiyib olgan futbolkalardan “Navbahor” yozuvi paydo bo'ladi.
“Markaziy” stadionda bo'layotgan katta qurilish ishlarida 300dan ziyod ishchi hodimlar mehnat qilishdi va qilishmoqda. Ularning ayrimlari, Toshkentdan bazilari esa vohadan ekanligi ma'lum bo'ldi. Ahadxon Ibragimov bilan stadiondagi o'zgarishlarni kuzatishimiz chog'ida, har bir bo'limning ishchi xodimlari bilan suhbatlashishga ham erishdik. Elektr ishlari bo'yicha Toshkentdan tashrif buyurgan rus millatiga mansub bo'lgan ishchilarning bizga bergan ma'lumotiga ko'ra, stadionga jami 60ta karnay qo'yilgan. Oraliq masofasi 15 metr bo'lib, har bir ustunga ikkitadan karnay o'rnatilgan. Bundan xulosa qilish mumkinki, uchrashuv chog'ida stadion suhandoni o'yinchilarni tanishtirayotganda muxlislar bemalol maydonda harakat qilayotgan futbolchilarni bilib olishi mumkin. Stadionning aylanish vaqtida ilgargi tablo hamon bo'y ko'rsatib turganiga guvoh bo'ldik. Stadion direktorining takidlashicha, bo'yiga 4, eniga 8 metr bo'lgan tablo olib tashlanmaydi, faqat unga zamonaviy tarzda o'zgartirish kiritiladi. Uchrashuvdagi xavfli va golli vaziyatlarni tablo orqali qayta ko'rish mumkin bo'ladi. Ahadxon Ibragimov bilan markaziy tribuna tomonda barpo etilgan asosiy bino bilan tanishib chiqdik. Bino uch qavatdan iborat bo'lib, birinchi qavatida har bir jamoa uchun ikkitadan “A” va “V” toifadagi kiyinish va echinish xonalari barpo etilgan. Jamoa kelajakda xalqaro o'yinlarda ishtirok etsa ham bu borada, stadionga kelgan xorij klublariga ham barcha qulayliklar yaratilganiga iqror bo'ldik. Hakamlar xonasida ham barcha qulayliklar yaratilgan. Shuningdek har bir klub uchun alohida fitnes zal qilingan. Ushbu binoning ikkinchi qavatida esa uchrashuv rasmiylari va mehmonlari uchun mo'ljallangan ikkita tamaddixona (bufet) barpo etilgan. Uchinchi qavatda esa VIP loja, jamoa mutasaddalari va jurnalistlar uchun maxusus joylar qilingan. O'yindan so'ng o'tkaziladigan matbuot anjumaniga ham alohida xonalar ajratilgan. Ibragimovning aytishicha, yangi ta'mirdan chiqarilayotgan ushbu o'yingohda OAV uchun barcha qulayliklar yaratib beriladi. “WiFi internet tarmog'i ham bo'ladi” - deb bizni ishontirishga urindi stadion diretori. Jamoa rahbarlari va ishchi xodimlari ham ushbu binoda faoliyat yuritishlari uchun ularga ham mazkur binoda maxsuslar xonalar qurib bitkazildi. Shuningdek viloyat futbol federatsiya ham ushbu binoga ko'chib o'tishi ko'zda tutilgan. Har bir xonaga kamida ikkitadan kondicioner o'rnatilgan bo'lib, lekin xonalar biz borgan paytda hali to'la zarur jihozlar bilan taminlanmaganligini ko'rdik. Markaziy tribunadagi ushbu bino uch qavatdan iborat bo'lib, jami 30dan ortiq xonalar qurib bitkazilgan. Jamoalar endi maydonga aynan ushbu markaziy tribunadan chiqishadi.
Muxlislar stadionga uchta eshikdan kirishlari mumkin. Oldi tomonda ikkita eshik, orqa tarafda bitta. Stadion atrofida muxlislarga sharoit yaratish maqsadida maxsus do'konlari qilinishi rejalashtirilgan bo'lib, u yerda ichimlik va eguliklar sotuvi yo'lga qo'yiladi. Stadionning oldi va orqa tomonlarida ikkitadan chipta kassalari uchun maxsus do'konlar ham bapro etilmoqda. Aytgancha, rekonstrukciyadan chiqarilayotgan stadiondagi stadion yoritkichlari (projektorlar) ham yangilandi. Stadionning to'rttala tomonida bittadan yoritkich o'rnatilgan bo'lib, har bir yoritkichda 30tadan lampochka qo'yilgan. Bizga bergan ma'lumotiga ko'ra, ushbu yoritkichlarning har biri 2000 lyuks yoritkich kuchiga ega ekan. OFK talabi esa 1200 lyuks ekanligini inobatga olib aytadigan bo'lsak, bu borada “Markaziy” stadionda talab ortig'i bilan bajarilgan.
Stadion foydalanishga topshirilgacha, “Navbahor” jamoasi ham ushbu stadiondagi binoga ko'chib o'tadi. Buning uchun viloyat hokimligi qaroriga asosan stadionning oldi tarafida “Navbahor” futbolchilari uchun turargoh joylari barpo etilgan. Basseyn, Sauna va restoran, bularning barchasi ushbu yerda mujassam bo'lishi ko'zda tutilgan.
Stadiondagi xolat bilan tanishib bo'lgach, diqqatimizni shu kuni yam-yashil bo'lib turgan maydonga qaratdik. Maydonni ideal xolatga olib chiqishga harakat qilayotgan maxsus ishchi xodimlar, mas'uliyatni his qilgan xolda astoydil mehnat qilayotganini ko'rdik. Ularning rahbari bo'lmish, Ikrom Suyunovni suhbatga tortdik. Surxondaryolik yigitning bizga bergan ma'lumotlariga ko'ra, o'tgan oyning boshlarida labaratoriyadan o'tkazilgan qumga Portugaliyadan keltirilgan urug' sepilgan. Dastlab 150 kg urug' sepildi va keyinroq ma'lum muddat o'tgach, yana urug' sepildi. Faqat bu safar 450kg urug' sepilgan. Maydonlarni yaratish borasida mutaxassis bo'lgan Suyunovning bizga bergan ma'lumotlariga qaraganda, “Markaziy” stadiondagi maydonga umumiy aytganda, Portugaliyadan keltirilgan urug'dan 1 tonna sepiladi. Maydonni sug'orish uchun maxsus fontanlar qilingan. Har kuni vaqti vaqti bilan maydon sug'orilib, urug' o'stirilmoqda.
- Yana 15 kundan keyin futbolchilar kelib bemalol mashg'ulot o'tkazishi mumkin – deydi O'tkir Suyunov. Bu mutaxassis Toshkentda yaqinda qurib bitkazilgan “Bunyodkor” sport majmuasidagi to'rtta mashg'ulot o'tkazish uchun mo'ljallangan maydonni o'zi boshchiligidagi xodimlar qilganini aytdi. Shuningdek poytaxtdagi “Jar” va “Paxtakor” maydonlarining ham ushbu surxondaryolik mutaxassislar tayyorlashganini qo'shimcha qilib o'tdi. O'tkir akaning aytishicha, bitta maydonni noldan tayyorlash uchun olti oy vaqt kerak bo'lar ekan. Maydonning umumiy xajmi 113ga70 metr bo'lib, u chiziqlar va darvoza o'rnatilganidan so'ng, 105ga68 ko'rinishda bo'lishi takidlandi. Darvoza va uning to'ri, Toshkentdan olib kelinadi. Maydon va tribunadagi oraliq masofa olti metr bo'lib, maydon chetiga dastlab asfalt yotqiziladi va shundan so'ng uning ustiga rezinka qoplanadi. Ilgari ushbu stadionda futbolchilarning maydonga chiqish joyidan, bundan buyon faqatgina 01 va 03 tibbiy yordam ximati avtoulovlari kirishadi. Aytgancha, stadionning orqa tarafida avtoulovlar uchun maxsus turar joylari qilinishi rejalashtirilgan.
Xullas Namangan safari biz uchun ijobiy va quvonarli bo'ldi deyish mumkin. Stadionda 70 foiz ish amalga oshirilgan va u yerda 30 foiz ish qolgan. Ahadxon Ibragimovning gaplariga ko'ra, stadion katta extimol bilan oktyabr oyida foydalanish uchun topshiriladi.
Islombek Rustambekov.