"Navbahor"ning g'alabasiz seriyasi 6ta o'yinga etdi

Narzulla Saydullayev
15 okt 2016, 15:01
Namanganning "Navbahor" klubi oliy liganing 25-turida o'z uyida "Buxoro"ga mag'lub bo'ldi - 1:2.

Shu tariqa, "lochinlar"ning g'alabasiz seriyasi 6ta o'yinga etdi. "Navbahor" so'nggi bor 19-turda ("Mashal" ustidan) g'alaba qozongan edi. Shundan keyin ketma-ket olti uchrashuvda namanganliklar g'alaba nimaligini bilmay kelishmoqda.

"Navbahor"ning so'nggi 6 uchrashuvi:
"Sho'rtan" - "Navbahor" 3:2
"Navbahor" - "Olmaliq" 3:3
"Obod" - "Navbahor" 3:0
"Navbahor" - "Paxtakor" 1:5
"Qo'qon-1912" - "Navbahor" 1:1
"Navbahor" - "Buxoro" 1:2

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia