"Navbahor"ga qarshi o'yin oldidan "Nassaji" murabbiyi ishdan ketdi

Sherzod Nurmatov
21 okt 2023, 10:28
Eron klubi bir necha kundan so'ng "Navbahor" bilan to'qnash keladi.

Eronning "Nassaji Mozandaron" klubi o'z maydonida "Alyumin Arak" klubiga yutqazgach, murabbiylar shtabida o'zgarish ro'y berdi.

Mazkur mag'lubiyatdan so'ng klubning yordamchi murabbiyi Vohid Fazliy jamoani tark etgan. Fazliy iste'fosini yozma ravishda e'lon qilmagan bo'lsa-da, bu borada qatiy qarorga kelgan.

"Nassaji" Eron chempionatida 6 o'yindan so'ng 5 ochko jamg'argan holda 10-o'rinda bormoqda.

Jamoa bugun O'zbekistonga yetib keladi va 23 oktyabr kuni OCHL guruh bosqichi doirasida "Navbahor" mehmoni bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia