

Bugun 21 yoshli ukrainalik yarim himoyachi Vladislav Pavlenko yurtimizga tashrif buyurib, "Navbahor"da to'p surishi aniq bo'ldi. Pavlenko tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tgan. Pavlenko "lochinlar"da to'p surishi ma'lum bo'lgach, uning hamyurti Vitaliy Gavrish katta ehtimol bilan yurtiga qaytib ketadi.
Shuni qo'shimcha qilish lozimki, Vladislav Pavlenkoni ham Namanganga jamoaning sobiq futbolchisi Sefer Alibaev jo'natgan.
VLADISLAV PAVLENKO
Tug'ilgan sanasi : 1994 yil 5 aprel
Davlati: Ukraina (Dnepropetrovsk vil., Nikopol shahri )
Ampluasi: Yarim himoyachi
O'ynagan jamoalari: "Tavriya", "Zakarpate", "Goverla", "Vitebsk" (Belarus)
Milliy terma jamoa: Ukraina U-19da - 6 o'yin 2ta gol, Ukraina U-21da 2 o'yin



