"Navbahor"da yana bir hujumchi!

Mirjalol Normatov
30 iyul 2022
"Navbahor" yozgi transferlar oynasi vaqtida Aleksandr Kasyanni jamoaga qaytarishi kutilmoqda.

Bu haqda jurnalist Faxriddin Ro'ziev telegramdagi "Futbol Analizi" kanali orqali xabar berdi.

"Aleksandr Kasyan AGMKdan ketyapti. U Samvel Babayan jamoasi bilan kelishuvga erishdi.

"Lochinlar" tarkibiga bungacha Jasur Yaxshiboev va Mirlan Murzaev singari forvardlar qo'shilgandi", - deb yoziladi xabarda.

Eslatib o'tamiz, ukrainalik forvard 2019 yilgi mavsumda namanganliklar tarkibida harakat qilgan va 24 o'yinda 10 gol urgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: https://t.me/futbol_CA