

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, Namangan klubi "Adidas" liboslaridan foydalanadi.

"Team Sport" ekipirovka markazi rahbari Rasulbek Bekdurdiev bu masalada "Navbahor" prezidenti Otabek Samatov bilan kelishuvga erishdi. Shunday qilib, "Navbahor" 2023 yilni "Team Sport" ekipirovka markazi tomonidan etkazib beradigan "Adidas" liboslarida o'tkazadi.



