

Superliga. 15-tur
“Navbahor” - “Xorazm” 5:1
Bosh hakam: Nayim Qosimov
Yordamchi hakamlar: Zufar Eliboev, Akmal G'iyosov
Zaxira hakami: Alisher To'xtasinov
VAR hakami: Jasur Muxtorov
AVAR hakami: Edita Mirobidova
Nazoratchi: Baxtiyor Tagaev
Komissar: Davron Ibrohimov
Gollar: 1:0 – 16, Husayn Norchaev (Ruslanbek Jiyanov); 2:0 – 36, Husayn Norchaev (Muhammadali Usmonov); 3:0 – 41, Husayn Norchaev (Umar Adhamzoda); 3:1 – 45+4, Rustamjon Abduhamidov (Ulug'bek Hoshimov); 4:1 – 58, Husayn Norchaev; 5:1 – 67, Ruslan Jiyanov.
“Navbahor”: 1.O'tkir Yusupov (s), 2.Saidazamat Mirsaidov, 4.Islombek Mamatkazin, 7.Ruslanbek Jiyanov (6.Shoxruhbek Abdurahmonov, 85), 8.Diyor Xolmatov, 11.Husayn Norchaev (28.Joel Kojo, 81), 13.Opeyemi Tedi Benjamin (21.Asadbek Rahimjonov, 81), 22.Umar Adhamzoda, 23.Vanya Ilich (30.Jasurbek Jaloliddinov, 72), 34.Giorgi Jgerenaiya, 77.Muhammadali Usmonov (17.Muhammadali G'iyosov, 72)
Zaxira: 16.Shukron Yuldashev, 3.Zafarbek Rahimjonov, 5.Dilshodjon Komilov, 20.Quvondiq Ro'ziev
“Xorazm”: 33.Nikola Stoshich, 5.Abbosjon Otaxonov (70.Sultonbey Ismoilov, 46), 13.Elzio Loan Alvesh Lusio (7.Temurbek Ismailov, 80), 15.Diyorbek Ortiqboev, 17.Daniil Nugumanov, 22.Sunnatulloh Hamidjonov, 25.Matiya Rom, 88.Abror Xo'sinov (55.Azizbek Pirmuhammadov, 46), 90.Ulug'bek Hoshimov, 94.Rustamjon Abduhamidov (11.Danila Ejov, 71), 96.Rafael Sabino Dos Santos
Zaxira: 1.Mashhurjon Muhammadjonov, 8.Nodirbek Abduxalikov, 79.Azizjon Ahrorov, 97.Bubakar Faye Traore, 99.Odamboy Olimov
Ogohlantirish: Islombek Mamatkazin (51)
🏁 Uchrashuv yakunlandi!
Namanganning "Navbahor" jamoasi o'z maydonida "Xorazm"ni yirik – 5:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Uchrashuvning haqiqiy qahramoniga aylangan Husain Norchaev raqib darvozasiga 4 ta gol urib, "poker" muallifi bo'ldi. Shuningdek, Ruslanbek Jiyanov ham bitta gol bilan jamoasi g'alabasiga munosib hissa qo'shdi. Mehmonlar tarkibida yagona javob to'pini Ravshan Abduhamidov kiritdi.
⏱ 90' Asosiy vaqt tugadi. Bosh hakam ikkinchi bo'limga 4 daqiqa vaqt qo'shib berdi.
🔄 85' "Navbahor" tarkibida so'nggi o'zgarish:
Bugun o'zining yorqin harakatlari va goli bilan ajralib turgan Ruslanbek Jiyanov o'rniga maydonga Shoxruhbek Abdurahmonov tushirildi.
🔄 81' "Navbahor"da navbatdagi o'zgarishlar:
Bugungi uchrashuvda "poker" qayd etib, o'yin qahramoniga aylangan Husayn Norchaev o'z o'rnini Joel Kojoga bo'shatib berdi. Shuningdek, maydonga Asadbek Rahimjonov ham tushirildi.
🔄 80' "Xorazm" tarkibida navbatdagi o'zgarish:
Elzio Loan Alvesh Lusio o'rniga maydonga Temurbek Ismailov tushirildi.
⚠️ 78' Bahsli vaziyat! "Navbahor"ning o'ng qanotdan oshirgan xavfli uzatmasidan so'ng Husayn Norchaev darvoza tomon zarba yo'lladi. To'p "Xorazm" himoyachisining qo'liga teggani bois mezbonlar penalti so'rashdi, ammo bosh hakam o'yinni davom ettirishga qaror qildi.
🔄 72' "Navbahor" tarkibida qo'sh-o'zgarish:
A'lo darajada harakat qilgan Vanya Ilich va Muhammadali Usmonov o'rniga maydonga Jasurbek Jaloliddinov hamda Muhammadali G'iyosov tushirildi.
⚠️ 69' Yana bir xavfli vaziyat! "Xorazm" himoyasida yana bir tushunmovchilik: darvozabon Nikola Stoshich va Diyorbek Ortiqboev bir-birini anglamay xatoga yo'l qo'yishdi. "Navbahor" hujumchisi bo'sh qolgan darvozaga uzatma yo'lladi, ammo Diyorbek Ortiqboev so'nggi soniyalarda to'pga yetib kelib, katta qiyinchilik bilan uni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
⚽️ 67' GOL! "Navbahor" hisobni yirik ko'rinishga keltirmoqda! "Xorazm" darvozaboni Nikola Stoshich o'z jarima maydonchasi ichida qo'pol xatoga yo'l qo'ydi – Ruslanbek Jiyanov to'pni egallab oldi va bo'sh qolgan darvozani qiyinchiliksiz ishg'ol qildi – 5:1.
🖥 62' GOL INOBATGA OLINDI! VAR tizimining uzoq va sinchkov tekshiruvidan so'ng bosh hakam maydon markazini ko'rsatdi!
Ofsayd yo'q, Husayn Norchaev bugungi uchrashuvda poker muallifiga aylanmoqda! "Navbahor" hisobdagi ustunlikni yanada oshirmoqda – 4:1.
⚽️ 58' GOL! Etirozli vaziyat! "Navbahor" burchak to'pidan so'ng yana gol urdi – to'p uchun kechgan shiddatli kurashdan so'ng Husayn Norchaev aniq zarba yo'lladi. Biroq qanot hakami ofsayd qayd etdi. Hozirda VAR hakamlari vaziyatni sinchiklab tekshirishmoqda.
🟨 51’ Sariq kartochka! "Navbahor" himoyachisi Islombek Mamatkazin maydon markaziga yaqin hududda raqibga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun bosh hakam tomonidan ogohlantirildi.
🔄 46' Ikkinchi bo'lim boshlandi!
"Xorazm" tarkibida tanaffusda ikkita o'zgarish amalga oshirildi: Abror Xo'sinov va Abbosjon Otaxonov o'rniga maydonga Azizbek Pirmuhammadov hamda Sultonbey Ismoilov tushdi.
⏸ 45+7' Birinchi bo'lim yakunlandi! Jangovor va gollarga boy kechgan dastlabki 45 daqiqalikdan so'ng jamoalar tanaffusga "Navbahor"ning 3:1 hisobidagi ustunligi bilan yo'l olishmoqda.
⚽️ 45+4' GOL! "Xorazm" hisobdagi farqni qisqartirdi! O'ng qanotdan tashkil etilgan tezkor qarshi hujumda Ulug'bek Hoshimov to'pni markazga uzatdi, Rustamjon Abduhamidov esa darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib, aniq va ishonchli zarba bilan to'pni darvozaga joylab qo'ydi – 3:1.
⏱ 45' Birinchi bo'limning asosiy vaqti tugadi. Bosh hakam tomonidan bo'limga 5 daqiqa vaqt qo'shib berildi.
⚽️ 41' GOL! Husayn Norchaevdan xet-trik! Umar Adhamzoda chap qanotdan jarima maydoniga ajoyib uzatmani amalga oshirdi, Norchaev esa boshi bilan aniq va kuchli zarba yo'llab, to'pni darvozaga joyladi – 3:0.
⚽️ 36' GOL! "Navbahor" hisobdagi farqni oshirdi! Muhammadali Usmonov o'ng qanotdan jarima maydoniga yorib kirib, markazga aniq pas uzatdi. Husayn Norchaev esa birinchi goliga o'xshash vaziyatda qiyinchiliksiz oyoq qo'yib, to'pni darvozaga joylab qo'ydi – 2:0.
🚨 33' "Xorazm" futbolchisi Rustamjon Abduhamidov jarima maydoni ichida chap oyog'i bilan zarba yo'lladi – to'p ustunning yonginasidan o'tib ketdi.
🚑 29' Muhammadali Usmonov Sunnatulloh Hamidjonovga nisbatan qoidani buzdi. "Xorazm" futbolchisiga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.
⚠️ 26' Xavfli vaziyat! "Navbahor" futbolchisi Muhammadali Usmonov jarima maydoniga yorib kirib, o'tkir burchakdan zarba yo'lladi. "Xorazm" posboni Nikola Stoshich mahorat ko'rsatib, to'pni qaytardi.
🚨 23' "Navbahor" chap qanotdan hujum uyushtirdi. Umar Adhamzoda to'pni jarima maydoniga uzatdi, "Xorazm" himoyachisi Rafael Sabino Dos Santos to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
📐 22' "Navbahor" tomonidan burchak zarbasi oshirildi. Jarima maydoni ichida bo'lib turgan Islombek Mamatkazin oyog'i bilan zarba yo'lladi – to'p ustun yonginasidan o'tib ketdi.
⚽️ 16' GOL! "Navbahor" chap qanotdan jarima maydoniga yorib kirdi, Jiyanov to'pni markazga uzatdi. Husayn Norchaev to'pni to'xtatmasdan raqib darvozasiga aniq yo'naltirib, hisobni ochdi – 1:0.
⚠️ 9' "Xorazm" futbolchisi Rustamjon Abduhamidov jarima maydoni ichiga yorib kirib, darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqdi. "Navbahor" posboni O'tkir Yusupov mahorat ko'rsatib, to'pni oyog'i bilan qaytardi va xavfni bartaraf etdi.
⚡️ 6' "Navbahor" futbolchisi Muhammadali Usmonov raqib darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, biroq yordamga yetib kelgan "Xorazm" himoyachisi Abror Xo'sinov xavfni bartaraf etdi.
🎯 4' "Navbahor" futbolchisi Muhammadali Usmonov noqulay vaziyatdan raqib darvozasiga zarba berdi – to'p nishonga aniq bormadi.
⏱ 1' Uchrashuvga start berildi.
🏁 Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Navbahor" jamoasi ko'k, "Xorazm" futbolchilari esa oq rangli liboslarda harakat qilishadi.



