"Navbahor" vice-prezidenti Jurjevichga bo'shash to'g'risida ariza yozishi kerakligini aytdi

Eldor Akmurzayev
26 avg 2019, 23:33
Coca Cola Superligasining 18-turida Metallurg hamda Navbahor o'yinida maydon egalari minimal hisobda (1:0) zafar quchishdi.

Mazkur bahsdan keyin mehmonlar jamoasi vice-prezidenti Baxtiyor Usmonov namanganliklarning kiyim almashtirish xonasiga kirib, klub bosh murabbiyi Deyan Jurjevichga iste'foga chiqish to'g'risida ariza yozishi kerakligi haqida aytgan. Shu bois, yaqin orada serbiyalik mutaxassis egallab turgan lavozimini tark etishi kutilmoqda. 

Uning o'rniga esa hozirda Toshkentda bo'lib turgan, jamoaning sobiq ustozi Andrey Kanchelskis kelish ehtimoli katta bo'lib turibdi

Eslatib o'tamiz, Jurjevich iyun oyining oxirida lochinlar boshqaruviga kelgandi. 

Namanganliklar chempionat jadvalida 25 ochko bilan 6-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia