"Navbahor": Vahimaga o'rin yo'q

Narzulla Saydullayev
25 iyul 2020, 19:41
“Navbahor” jamoasi a'zolarining shu hafta avvalida koronavirusga qarshi topshirgan test natijalariga ko'ra, bir nafar futbolchining test natijasi musbat ko'rsatkich qayd etdi.

Natijada ushbu o'yinchi jamoadan ajratilib, qatiy izolyaciyaga olindi.

Shu bois, 24 iyul kuni “Navbahor” xodimlari, murabbiylar shtabi vakillari va futbolchilar yana bir marotaba koronavirusga qarshi test topshirishdi hamda test natijalari jamoaning qolgan vakillarida manfiy ko'rsatkich qayd etdi.

“Navbahor”ning bir nafar futbolchisida koronavirus aniqlanganligi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda e'lon qilinganligi jamoaning ko'plab muxlislarini tashvishga soldi.

Biroq vahimaga hojat yo'q, yana bir bor takidlaymiz, koronavirusga chalingan futbolchi qatiy izolyaciyaga olingan.

Jamoaning qolgan a'zolari esa mashg'ulotni davom ettirishmoqda.


“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz