"Navbahor" Turkiyada Polsha klubi bilan durang o'ynadi

Narzulla Saydullayev
17 fev 2019
O'quv-mashg'ulot yig'inini Turkiyaning Antaliya shahrida o'tkazayotgan “Navbahor” klubi so'nggi nazorat bahsini 16 fevral kuni Polsha Pro-ligasi vakili “Stal” (Melec) jamoasiga qarshi o'tkazdi.

Takidlash joizki, mazkur o'rtoqlik uchrashuvida polshaliklar 1:0 hisobidagi g'alaba bilan chiqib kyetishgandi. Ikkinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushirilgan Bahodir Nasimov “Stal” darvozasini aniq nishonga olib, muvozanatni tikladi va yakuniy hisobning 1:1 ko'rinish olishini taminladi.

Mazkur o'yinda “lochinlar” ustozi Andrey Kanchelskis maydonga quyidagi futbolchilarni tushirdi: O'tkir Yusupov, Obid Jo'raboev, Igor Golban, G'iyos Komilov, Hojiakbar Yunusov, Shahzod Shaymanov, Azim Ahmedov, Jasur Azimov, Zafar To'raev, Ivan Solovyov, Aleksandr Kasyan.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Bahodir Nasimov, Abdujamol Isroilov, Mirzohid G'ofurov.    

Namanganliklar Turkiyadagi yig'inni bugun o'z yakuniga etkazib, yurtimizga qaytishadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Навбаҳор" матбуот хизмати