"Navbahor": Toshkent yig'inidagi raqiblar nomi ma'lum

Narzulla Saydullayev
11 iyul 2017, 12:35
Avval berganimizdek "Navbahor" jamoasining ikkinchi davraga tayyorgarligining ikkinchi qismi Toshkentda o'tkaziladi.

Poytaxt yig'inida nazorat o'yinlarini o'tkazilishi haqida ham ma'lumot bergandik. Kuni-kecha ushbu yig'indagi raqib jamoa nomlariga oydinlik kiritildi. Dastlabki uchrashuv 17 iyul kuni Qarshining "Nasaf" klubiga qarshi o'tkaziladi. 20 iyul sanasida jamoamizga Samarqandning "Dinamo" klubi raqiblik qiladi. 23 iyulga belgilangan o'yinda esa "Buxoro" jamoasi bilan kuch sinashamiz.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz