"Navbahor": Tayyorgarlikka kirishildi

Aziz Tukhtamuradov
3 sen 2017, 07:44
Chempionatda yuzaga kelgan tanaffus tufayli "Navbahor" qisqa muddatlik tatilga chiqqandi.
Bir necha kunlik dam olishdan so'ng jamoa a'zolari bugundan mashg'ulotlarga kirishishdi. Jamoa kecha kechki payt dastlabki mashg'ulotni o'tkazdi. Futbolchilar to'rt kun davomida Namanganda shug'ullanishadi. Shundan so'ng jamoa Qarshi shahriga yo'l oladi.

Eslatib o'tamiz, navbatdagi turda "Navbahor" 7 sentyabr kuni Muborakda "Mashal" jamoasi mehmoni bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz