"Navbahor": Tayyorgarlik davom ettiriladi

Narzulla Saydullayev
17 yanv 2017, 15:51
Bugun kunning ikkinchi yarmida Toshkentdagi “O'zbekiston” mehmonxonasida to'plangan "Navbahor" mavsumga tayyorgarlikning navbatdagi bosqichini boshlaydi.

Ayni paytda Qibrayda boshlangan mashg'ulotda bir necha kun oldin “Navbahor” a'zosiga aylangan serbiyalik hujumchi Nemanya Yovanovich ham ishtirok etmoqda. Shuningdek, o'tgan mavsum ikkinchi yarmini “Olmaliq”da o'tkazib, jamoaning dekabr oyidagi yig'inida qatnashgan darvozabon Akmal Ortiqov ham safga qo'shildi. Shu kunlarda jamoa ixtiyoriga yangi o'yinchilarni yetib kelishi kutilmoqda. Shu o'rinda jamoada yangi shifokor ish boshlaganligini ham qo'shimcha qilish joiz. Oldingi yillarda Bekobodning “Metallurg” klubida ish yuritgan Baxtiyor Mirsagatov endilikda “Navbahor”da faoliyat olib boradi.

Navbatdagi bosqich davomida uchta nazorat uchrashuvini o'tkazish rejalashtirilgan. Ertaga “Qo'qon-1912” jamoasi "Navbahor" raqiblik qiladi. Navbatdagi uchrashuvlar esa “Metallurg” (21 yanvar) va “Buxoro” (26 yanvar) jamoalariga qarshi bo'lib o'tadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz