"Navbahor": Tayyorgarlik 8 iyulda boshlanadi

Narzulla Saydullayev
4 iyul 2016, 17:51
Ayni paytda "Navbahor" a'zolari davralar oralig'idagi tatilni o'tkazishmoqda.

Futbolchilar bir haftalik dam olishdan so'ng ikkinchi davraga tayyorgarlikni boshlashadi. “Navbahor” ikkinchi davraga tayyorgarlikni asosan Toshkent viloyatida olib boradi. Rejaga ko'ra jamoa a'zolari 8 iyul kuni klub qarorgohida to'planishadi. Jamoa a'zolari Namanganda 2-3 kun davomida shug'ullanishgach yig'in o'tkazish maqsadida Toshkent safariga otlanishadi. Mashg'ulotlar barcha sharoitlarga ega bo'lgan Toshkent viloyatining Bo'stonliq tumanidagi oromgohda o'n kun davomida olib boriladi. Tayyorgarlikning yakuniy bosqichi esa poytaxtda davom ettiriladi. Toshkentdagi yig'in davomida nazorat o'yinlarida maydonga tushish ham rejalashtirilgan. “Navbahor” ikkinchi davraning dastlabki uchrashuvini Toshkentda “Lokomotiv” jamoasiga qarshi o'tkazishini eslatib o'tish joiz. Aynan shu o'yindan keyin jamoa Namanganga qaytadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz