"Navbahor" tarkibidagi o'zgarishlardan qoniqyapsizmi?

Narzulla Saydullayev
15 iyul 2014, 15:50
Hozirda Chirchiqda o'quv-mashg'ulot yig'inini olib borayotgan "Navbahor" o'z tarkibiga 4 nafar futbolchini qo'shib oldi.
Jamoa bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov avvalgi chiqishlarida jamoaga ko'pi bilan to'rt nafar o'yinchi qo'shilishini aytib o'tgandi. Endi boshqa transferlar bo'lmaydimi?

Tarkibga qo'shilgan futbolchilardan faqatgina Alisher Samatov o'yin amaliyotiga ega, xolos. Dilshod Jabborovning tajribasiga shubha qilmasak-da, baribir unda o'yin amaliyoti kam. Bobur Akbarov haqida ham shunday deyish mumkin. Andrey Lyasyuk haqida esa hech narsa bilmaymiz. O'tgan mavsum "Nyoman"ni tark etgandan so'ng nimalar bilan band bo'lgan, bunisi bizga qorong'u. Bizningcha, u ham o'z formasida emas!

Ko'pchilik "Navbahor"ga yangi darvozabon kelishini kutayotgandi. Biroq, Ashurmatov jamoaga yangi golkiper chaqirmaydi, shekilli. Shunga qaramay, hali vaqt bor va yaxshi bir darvozabonni taklif etilishiga umid qilamiz. Axir, hozirgi "qovun" posbonlardan jamoa qachongacha jabr ko'radi? Murabbiylar balki Doniyor va Xurshidning o'yinidan qoniqishayotgan bo'lishi mumkindir, ammo muxlislar emas!

Shu o'rinda Chirchiq yig'inida ishtirok etayotgan futbolchilar ro'yxati bilan tanishib chiqing:

Darvozabonlar (2 ta)
 Doniyor Usmonov
 Xurshid Xo'jaev

Himoyachilar:  (6 ta)
Rahmatullo Berdimurodov
Botir To'raboev
Bobur Akbarov
Omon-Biik Halilov
Tohir Shamsiddinov
Yuriy Rijko

Yarim himoyachilar: (14 ta)
Dilshod Jabborov
Alisher Samatov
Rabbim Hasanov
Baxtiyor Yoqubov
Sobir Hamidov
Azim Ahmedov
A'zam Aliev
Ilhom Boydedaev
Alisher Mahmudov
Elyor Jahonov
Mansur Saidov
Otabek Valijonov
Muhammad Rasulov
G'ayrat Jo'raev

Hujumchilar: (3 ta)
Abdumalik Abdullaev
Andrey Lyasyuk
Shahboz Erkinov.

Yarim himoyachilar juda ko'pga o'xshayaptimi? To'g'ri, bularning ayrimlari hujumchi va himoyachi sifatida o'ynashlari mumkin, lekin baribir ampluasi yarim himoyachida! Oldinroq jamoa yana bir hujumchi bilan qiziqayotgani haqida aytib o'tgandik. Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko'ra, ushbu futbolchi "Mashal" a'zosi Mo'ydin Mamazulunov bo'lishi mumkin.

Xullas, Siz jamoaning hozirgi holatidan mamnunmisiz?

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lochinlar.asia