
Mazkur musobaqalarga mezbonlik qiladigan ushbu shaharning “Namangan” markaziy futbol majmuasidagi “Navbahor” stadioni qurilishi nihoyasiga etmoqda. Majmuadan, avvalgisidan farqli ravishda, sportchilar, hakamlar, murabbiylar va mamuriyat uchun mo'ljallangan xonalar, anjumanlar zali o'rin olgan. Muhandislik taminoti talablariga ko'ra yigirma 22 ming tomoshabinga mo'ljallangan tribunada nogironlar uchun ham alohida sektor mavjud.
Katta video tablo, zamonaviy audiosistema moslamalari va boshqa kommunikaciya texnologiyalari bilan jihozlangan sharhlovchilar xonasi o'yin paytida muxlislarni zarur ma'lumotlar bilan tezkor tanishtirib borish, musobaqalarni to'g'ridan-to'g'ri efirga uzatish imkonini beradi.