"Navbahor" Serbiya klubini mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
2 fev 2020, 10:27
Ayni paytda o'z o'quv-mashg'ulot yig'inini Turkiyaning Belek shahrida o'tkazayotgan Namanganning “Navbahor” jamoasi mazkur yig'in doirasidagi ikkinchi nazorat-sinov bahsini Serbiyaning “Rad” (Belgrad) klubiga qarshi o'tkazdi.

Birinchi taymda Abbos G'ulomov akrobatik tarzda gol urib hisobni ochdi. O'yin so'nggida Azim Ahmedov penaltidan to'p kiritdi va "Navbahor" 2:1 hisobida g'alabaga erishdi.

"Navbahor" - "Rad" (Serbiya) 2:1
"Navbahor" gollari:
Abbos G'ulomov, Azim Ahmedov penalti.

"Navbahor": O'tkir Yusupov, Tohir Shamsitdinov, Igor Golban, G'iyosjon Komilov, Mirzohid G'ofurov, Azimjon Ahmedov, Islom Rashidxonov, Ivan Solovyov, Abbos G'ulomov, Azizbek Turg'unboev, Nemanya Ivanovich.
Zaxira: Dilshod Hamroev, Obid  Jo'raboev, Xurshid Muxtorov, Sardor Telyakov, Amirbek Jo'raboev, Islom Isoqjonov, Abdulhay Ismoilov, Anvar Hojimirzaev.


Ma'lumot uchun, "lochinlar" ushbu yig'in doirasidagi ilk uchrashuvda Turkmanistonning "Ahal" klubini mag'lub etishgandi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia