"Navbahor": Pishur jamoa ixtiyoriga kelib qo'shildi

Narzulla Saydullayev
3 fev 2016
"Navbahor" futbolchilari bugungi kunga belgilangan mashg'ulotlarni yakuniga etkazishdi.

Ikki mahallik mashg'ulotlarda yig'inda qatnashayotgan barcha jamoa a'zolari ishtirok etishdi. Dastlabki yig'in so'nggida Ukrainaga jo'nab ketgan hujumchi Oleksandr Pishur ham bugun jamoa ixtiyoriga yetib keldi. Tarkibda boshqa o'zgarishlar kuzatilmadi. Avval xabar berib o'tganimizdek, Toshkentdagi navbatdagi yig'in davomida ham bir qator nazorat uchrashuvlarini o'tkazish rejalashtirilgandi. Dastlabki uchrashuvni jamoamiz 6 fevral kuni oliy liganing yangi vakili “Obod” jamoasiga qarshi o'tkaziladi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz