"Navbahor": Navbatdagi yig'in boshlandi

Narzulla Saydullayev
22 iyul 2015, 21:30
Bugun "Navbahor" a'zolari ikkinchi davraga tayyorgarlikning navbatdagi bosqichini boshlashdi.

Bu safargi yig'in Toshkentda bo'lib o'tadi. Bundan bir soat oldin poytaxtdagi “O'zbekiston” mehmonxonasida yig'ilgan futbolchilarimiz bugun “Dinamo” o'yingohida mashg'ulot o'tkazishdi. Navbatdagi yig'inda 25 nafar futbolchi ishtirok etadi. Chirchiqda bo'lib o'tgan mashg'ulotlarda qatnashgan Omon-Biik Halilov va Sardor Telyakovlar navbatdagi yig'inga jalb etilishmadi. Ular hozirda Namanganda bo'lib o'tayotgan yoshlar jamoasi mashg'ulotlarida qatnashishmoqda.

Toshkentda bo'lib o'tadigan navbatdagi yig'in 27 iyulga qadar davom etadi. Bu vaqt oralig'ida ikkita o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazish ham ko'zda tutilgan. Dastlab, futbolchilarimiz 24 iyul kuni Samarqandning “Dinamo” klubi bahs olib borishadi. 26 iyul sanasida esa G'uzorning “Sho'rtan” jamoasi bilan kuch sinashiladi. Ro'y berishi mumkin bo'lgan o'zgarishlar haqida keyinroq ma'lumot beramiz.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz