“Navbahor” muxlislariga bepul iftorlik

Narzulla Saydullayev
23 may 2018, 16:32
Superliga 13-doirasida Namanganning “Navbahor” klubi o'z maydonida Olmaliqning AGMK jamoasini qabul qiladi.

Ayni paytda yurtimizda muqaddas Ramazon oyi hukmron. “Navbahor” PFK rahbariyati  muqaddas oy sharofati bilan savob ishga qo'l urdi. “Navbahor” – AGMK uchrashuviga tashrif buyuradigan muxlislar uchun bepul iftorlik eguliklari tarqatiladigan bo'ldi. Ro'zadorlar “Navbahor” – AGMK bahsining tanaffus paytida “Markaziy” o'yingoh sektorlarida yaratilgan qulayliklardan foydalanib, bemalol iftorlik qilib olishlari mumkin.

Shuningdek, sevimli jamoaning ashaddiy  muxlislari uchun yanada engillik yaratish maqsadida, klub rahbariyati tomonidan “Navbahor” atributikalari  20 foizlik chegirma bilan sotuvga chiqarildi. Endi jamoaning atributikalarini o'zingizga qulay narxlarda xarid qilishingiz mumkin.

“Navbahor” PFK rahbariyati mazkur ishlarni ishqibozlarga qulaylik yaratish maqsadida amalga oshirmoqda. Maqsad – jamoa ishtirokidagi har bir uchrashuvni muxlislar uchun bayramona tarzda tashkil etish. Siz – aziz ishqibozlar esa “Navbahor”ni munosib tarzda qo'llab-quvvatlang!

Eslatib o'tamiz, “Navbahor” - AGMK uchrashuvi 26 may kuni soat 18:50da boshlanadi.

Barcha muxlislarni bo'lajak uchrashuvga chorlab qolamiz.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz