"Navbahor" klubi va "Markaziy" stadioni rahbariyatida o'zgarishlar yuz berdi

Sherzod Nurmatov
17 fev 2026, 13:22
Bugun "Markaziy" o'yingohi anjumanlar zalida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Unda Davlatobod tumani hokimi, "Navbahor" klubi prezidenti Anvar Tojimirzaev hamda "Navbahor" klubi va o'yingoh xodimlari ishtirok etdi. 

Yig'ilishda tashkiliy masala ko'rilib, klub hamda "Markaziy" stadioni rahbariyatida o'zgarishlar yuz berdi. 

Yig'ilish qaroriga ko'ra, Abdumalik Umrzoqov "Navbahor" klubi direktori, bungacha "Markaziy" stadioni direktori bo'lib faoliyat yuritgan Mirshod Mirzaev klub tijorat direktori etib tayinlandi. 

"Markaziy" o'yingoh direktori etib, Nabixon Abdug'aniev tayinlandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Навбаҳор" матбуот хизмати