"Navbahor": Yig'in reja asosida o'tmoqda

Narzulla Saydullayev
5 iyul 2014, 16:43
Ikkinchi davraga tayyorgarlikni Chirchiqda davom ettirayotgan "Navbahor" belgilangan reja asosida shug'ullanmoqda.
4 iyun kuni 14.00da belgilangan manzilda to'plangan jamoamiz a'zolari shu kuni kechki payt mashg'ulot o'tkazishdi. Bugundan e'tiboran esa mashg'ulotlar kuniga ikki mahaldan o'tkaziladi. Mashg'ulotlarni “Kimyogar” o'yingohida olib borilayotganligini qayd etish joiz. Umumiy hisobda Chirchiqdagi yig'inga 21 nafar futbolchi jalb etilgan. 6 iyun kuni belaruslik himoyachi Yuriy Rijko ham jamoa safiga qo'shiladi. Avval xabar berib o'tganimizdek, Yura yurtimizga hujum chizig'ida to'p suradigan hamyurti Andrey Lyasyuk bilan yetib keladi.

Murabbiylar shtabi birinchi davrani yoshlar tarkibida o'tkazgan Muhammad Rasulov va Omon-Biik Halilovlarni ham Chirchiqdagi yig'inga jalb etgan. O'tgan mavsumda oyog'idan jarohat olib ma'lum muddatga safdan chiqqan yarim himoyachi G'ayrat Jo'raev ham sekin-asta avvalgi sport formasini tiklamoqda.

G'ayrat hozirda yakka tartibda shug'ullanmoqda. Shu bilan birgalikda Shahboz Erkinov ham hozircha umumiy guruhda shug'ullanmayapti. Hujumchida kichik jarohat borligi bois yugurish bilan cheklanmoqda. Qolgan barcha futbolchilar mashg'ulotlarda to'liq ishtirok etishmoqda. Chirchiqdagi yig'in davomida ikkita o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazish ham rejalashtirilgan. Xususan, futbolchilarimiz 12 iyul kuni Muborakning “Mashal”, 14 iyul sanasida esa Navoiyning “Qizilqum” klublariga qarshi maydonga tushishadi.

Chirchiq yig'inida ishtirok etayotgan futbolchilar ro'yxati: Doniyor Usmonov, Xurshid Xo'jaev, Rabbim Hasanov, Rahmatullo Berdimurodov, Baxtiyor Yoqubov, Sobir Hamidov, Shukurali Po'latov, Shahboz Erkinov, Azim Ahmedov, A'zam Aliev, Ilhom Boydedaev, Botir To'raboev, Alisher Mahmudov, Abdumalik Abdullaev, Tohir Shamsiddinov, Elyor Jahonov, Mansur Saidov, Otabek Valijonov, Muhammad Rasulov, G'ayrat Jo'raev, Omon-Biik Halilov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz