"Navbahor": Jamoamiz Qarshiga yo'l oldi

Narzulla Saydullayev
21 okt 2016, 11:44
Navbatdagi turni "Navbahor" mehmonda Qarshining “Nasaf” klubiga qarshi o'tkazadi.
Bugun tunda "Navbahor" yoshlari Qarshi sari yo'lga otlanishgandi. Ayni paytda yoshlar Qarshiga yetib kelib, “Sarbon” mehmonxonasiga joylashishga ulgurishdi. Yoshlar birinchiligidan o'rin olgan uchrashuv bugun soat 15.45 da boshlanadi.

Asosiy tarkib a'zolari birozdan so'ng yo'lga tushishadi. "Navbahor" a'zolari tunda Qarshi shahriga yetib borishadi. Aytish joizki, "lochinlar" Qarshiga bir qator yo'qotishlar bilan yo'l olmoqda. “Buxoro” bilan o'tgan uchrashuvda qizil kartochka bilan jazolangan Qahramon Mahammadjonov, Dilshod Jabborov va sariq kartochkalari sonini to'rttaga etganligi sababli Akram Bahriddinovlarni “Nasaf” bilan o'yinda qatnasha olmasliklari haqida avval xabar bergandik.

Voha safari oldidan ular safiga jarohat sababli Alisher Mahmudov, Ruslan Vagapov, Dordji Sangadjiev kabi futbolchilar ham qo'shilishdi. Ertaga bo'lib o'tadigan “Nasaf” va “Navbahor” jamoalari uchrashuvi soat 17.30 da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia