"Navbahor" futbolchisi Chempionlar Ligasi 1/8 finali ramziy termasidan joy oldi

Omonjon To`xtamirzayev
18 fev 2024, 14:59
Osiyo Chempionlar ligasida 1/8 final dastlabki uchrashuvlar ortda qoldi.

Albatta, "Navbahor" Namanganda "Al Ittihod" klubi bilan (0:0) durang o'ynaganidan xabaringiz bor. 

Mezbonlar himoya chizig'ida Filip Ivanovich ayniqsa faol bo'ldi va raqib hujumlarini qaytarishda ishonchli harakat qildi. Natijada, Ivanovich ushbu bosqich (dastlabki uchrashuvlar) ramziy terma jamoasiga kiritildi. 

O'z navbatida, javob bellashuvlaridan keyin klublarimiz vakillari ko'proq bo'ladi deb umid qilib qolamiz.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia