"Navbahor" ertaga Namanganda mashg'ulotlarni boshlaydi

Narzulla Saydullayev
21 fev 2019, 18:50
Namanganning “Navbahor” klubi a'zolari Turkiyaning Antaliya shahridagi mashg'ulotlarni yakunlab, 18 fevral kuni yurtimizga qaytib kelishgandi.

Shundan so'ng, futbolchilar 20 fevral kuni tibbiy ko'rikdan o'tishgan bo'lsa, 21 fevral kuni test-normativlarni topshirishdi.

“Lochinlar” yangi mavsumga tayyorgarlik doirasidagi so'nggi o'quv-mashg'ulot yig'inini Namanganda o'tkazishadi.

Andrey Kanchelskis shogirdlari Namangandagi yig'inni ertadan boshlashadi. Ertaga bir mahal mashg'ulot o'tkazilsa, 23 fevraldan mashg'ulotlar ikki mahaldan davom ettiriladi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Навбаҳор” матбуот хизмати