"Navbahor": "Dinamo" bilan o'yinga tayyorgarlik boshlandi

Narzulla Saydullayev
1 sen 2015, 12:07
O'zbekiston terma jamoasining JCH-2018 musobaqasi saralash o'yinlariga tayyorgarlik ko'rishi munosabati bilan oliy ligada kichik tanaffus yuzaga kelganidan xabaringiz bor.

"Bunyodkor"ga qarshi kechgan uchrashuvdan so'ng futbolchilarga qisqa muddatli tatil e'lon qilingandi. Tatil yakuniga etgach kechadan boshlab jamoa a'zolari Toshkentda yig'ilib "Geofizika" qarorgohida to'planishdi. "Lochinlar" shu yerda istiqomat qilib, mashg'ulotlarni davom ettirishadi. Eslatib o'tamiz, 21- tur o'yinlari doirasida "Navbahor" 12- sentyabr kuni Samarqandning "Dinamo" klubiga qarshi mehmonda o'zaro kuch sinashadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz