"Navbahor" – "Bunyodkor" uchrashuvini kim sharhlab boradi?

Sherzod Nurmatov
19 avg 2024
Bugun Namanganda "Navbahor" – "Bunyodkor" uchrashuvi bilan Superliga 16-turiga yakun yasaladi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Sport" telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladigan mazkur bellashuvni Abdulla No'rmonov sharhlaydi. 



Superliga

16-tur

"Navbahor" – "Bunyodkor"

Namangan. "Markaziy" stadioni. 19:30

Bosh hakam: Sultonmurod Abdurahmonov

Yordamchi hakamlar: Abdulhamid Abduraimov, Husan Xudoyberdiev

Zaxira hakami: Alisher To'xtasinov

VAR: Akmal Rahimov

AVAR: Ziyodullo Abdurahmonov

Nazoratchi: Ravil Shayaxmitov

Komissar: Oybek Yunusov


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia