"Navbahor" braziliyalik himoyachi bilan shartnoma tuzadi

Sherzod Nurmatov
11 iyul 2025, 18:38
Braziliyalik markaziy himoyachi Julio Sezar faoliyatini O'zbekiston chempionatida davom ettiradi.

Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, Tailandning "Utaytxani" jamoasi a'zosi "Navbahor"ga o'tadi.

28 yoshli futbolchining transferi 17 iyul kuni amalga oshishi kutilmoqda.

Julio Sezar o'tgan mavsum "Utaytxani" safida 25 o'yinda 1 ta gol urgan.

Avvalroq "Navbahor" hujumchisi ikkinchi davrani "Xorazm"da boshlashi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Transfermarkt