Julio Sezar 13 yillik tanaffusdan so'ng “Flamengo”ga qaytdi

Aslanov Jasurbek
30 yanv 2018, 02:32
Braziliyalik mashhur darvozabon Julio Sezar faoliyatini “Flamengo” klubida davom ettiradi.

38 yoshli futbolchi 13 yillik tanaffusdan so'ng yana o'zining jonajon jamoasiga qaytdi. Sezar aynan “Flamengo” tarkibida professional futboldagi faoliyatini boshlagan edi. 

Julio bungacha 1997-2005 yillarda “Flamengo” klubi sharafini himoya qilgandi. Sezar “Benfika”dan Braziliya klubiga ko'chib o'tdi. Darvozabon va Lissabon klubi o'tgan yilning noyabr oyida o'zaro kelishgan holda shartnomani bekor qilishgandi. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif