"Navbahor" bosh murabbiyi "Manchester Yunayted"ning mag'lubiyati sababini aytdi

Alisher
29 noya 2019, 13:06
"Navbahor" bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis "Astana"ning Yevropa Ligasi 5-tur doirasidagi "Manchester Yunayted" ustidan qozonilgan g'alabasiga izoh berdi.

"Jamoa guruhdan chiqdi. Ular o'zlarining eng katta bosh og'riqlari bo'lgan "Manchester Siti"ga qarshi derbi uchun tayyorlanishmoqda. U yerda esa guruhdan chiqqan holda, vazifa bajarilgan.

Yosh yigitlar bor edi, ularga imkoniyat berishdi. Ularda natija bor. Bori shu.
Zaxira tarkibi o'ynagani to'g'ri bo'ldimi? Bazida imkoniyat berish kerak. Ko'rdingizmi, Yevropa Ligasi yoshlar uchun ajoyib imkoniyat. Ular o'z vazifalarini bajardilar, yana nima qilishlari kerak edi. Yosh tarkib o'yinga qo'yildi va to'g'ri qilindi", - deydi Kanchelskis.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: euro-football.ru