"Navbahor": Ayupov va Mamazulumov mashg'ulotda qatnashishdi

Narzulla Saydullayev
4 yanv 2016, 18:06
Bugun jamoamiz a'zolari Namanganda to'planib, 2016 yilgi mavsumga tayyorgarlik jarayonini boshlashdi.

Dastlabki kuni o'tkazilgan mashg'ulotda 18 nafar futbolchi ishtirok etganligini aytib o'tish joiz.

Rashid G'ofurovga mashg'ulotni o'tkazishda Mustafo Bayramov va Sherzod Jo'raevlar yordam berishdi.

Futbolchilar bugun asosan yugurish mashqlari bilan shug'ullanishdi. Ma'lum vaqt davomida esa to'p bilan bog'liq mashqlar ham bajarildi. Tatildan qaytgan jamoamiz tarkibi to'liq yig'ilganicha yo'q.

Bugungi mashg'ulotda “Bunyodkor” jamoasidan taklif etilgan Timur Ayupov va Aziz Mamazoitovlar shug'ullanishdi. Mahalliy bo'lgan Sardor Asqarov ham jamoada ko'rikdan o'tmoqda.

Shuningdek, yoshlar tarkibining bir qator o'yinchilari ham mashg'ulotda qatnashishdi. Bundan tashqari o'tgan mavsum birinchi yarmini “Navbahor”da o'tkazib, ikkinchi davrada “Lokomotiv”ga o'tib ketgan hujumchi Mo'ydin Mamazulumov ham ayni paytda jamoa bilan birga bo'lib turibdi.

Keyingi mashg'ulotlarda tarkibga yangi o'yinchilarni qo'shilishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz