"Navbahor": Abdumajid Toirov jamoa bilan birga emas

Narzulla Saydullayev
4 iyul 2013
Davralar oralig'ida "Navbahor"da o'zgarishlar bo'ladi, bu haqda klub rasmiy @pfcnavbahor tvitteri xabar bermoqda.
Jamoadagi ayrim o'yinchilarga javob beriladi. Ularning o'rni munosiblar bilan to'ldiriladi. Hozirda muzokaralar olib borilmoqda. Tajribali himoyachi Abdumajid Toirov esa hozirda jamoa bilan birga emas. Toirov ikkinchi davrani boshqa jamoada o'tkazishi mumkin. Balki himoyachi faoliyatini yakunlar. Buni vaqt ko'rsatadi.

Romanenko jarohat olib uzoq muddatga safdan chiqqani uchun uning o'rniga tajribali posbon qidirilmoqda. Ayrim darvozabonlar bilan muzokaralar olib borilmoqda. Kelishuvga erishilgan posbon tanaffusda safga qo'shiladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: