"Navbahor" - 9 karra bronza medali sohibi!

Narzulla Saydullayev
16 noya 2018, 17:17
Namanganning "Navbahor" klubi 2018 yilgi Superligada uchinchi o'rinni egallashi ma'lum bo'ldi.

Bugun PFL "Bunyodkor" klubidan 6 ochko olib tashladi. Shu bois to'rtinchi o'rindagi "Bunyodkor" oxirgi ikki turga hech qanaqasiga "Navbahor"ga eta olmaydi.

"Navbahor" esa ikkinchi o'rindagi "Paxtakor"dan o'tib keta olmasligi oldindan ma'lum edi. To'g'ri "lochinlar" so'nggi ikki turda ochkolari sonini "sherlar" bilan tenglashtirib olishlari mumkin. Biroq o'zaro o'yinlarga ko'ra "Paxtakor" yuqorida turadi.

Bu klublar o'rtasidagi o'zaro o'yinlar:
"Paxtakor" - "Navbahor" 1:0
"Navbahor" - "Paxtakor" 1:0
"Navbahor" - "Paxtakor" 3:3
"Paxtakor" - "Navbahor" 0:0

"Paxtakor" safarda urilgan gollar tufayli ham "Navbahor"dan tepada bo'ladi. Yani Namanganda 3:3 hisobi qayd etilgan, Toshkentda esa 0:0.

Demak, "Navbahor" 14 yillik tanaffusdan so'ng, o'z tarixida 9-marta O'zbekiston chempionati bronza medali sohibiga aylandi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia