"Navbahor" 8 martga qadar Toshkentda bo'ladi

Narzulla Saydullayev
28 fev 2019
Namanganning “Navbahor” klubi a'zolari Namangandagi o'quv-mashg'ulot yig'inini bugun o'z yakuniga etkazishdi.

“Lochinlar” bugun tushlikdan so'ng, Toshkentga jo'nab kyetishdi. Mashg'ulotlar ertadan poytaxtimizda davom ettiriladi. Andrey Kanchelskis shogirdlari poytaxtimizda 7 martgacha bo'lishni rejalashtirishgan.

Namanganliklar 8 mart kuni o'z qarorgohlariga kelishadi.

10 mart kuni esa “Navbahor” 2019 yilgi Superliganing dastlabki turi doirasida “Qo'qon-1912” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Mazkur uchrashuvning Farg'onadagi “Istiqlol” stadionida o'tkazilishi ehtimoli bor.
 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Навбаҳор" матбуот хизмати