"Navbahor" 7 yildan so'ng bitta o'yinda 6ta gol o'tkazib yubordi

Narzulla Saydullayev
23 okt 2016, 15:03
Namanganning "Navbahor" klubi oliy liganing 26-turini safarda "Nasaf"ga qarshi o'tkazib 0:6 hisobida yutqazdi.

So'nggi bor "lochinlar" oliy ligada bundan 7 yilu 4 kun avval bitta uchrashuvda 6ta gol o'tkazib yuborgan edi.

2009 yilning 18 oktyabr sanasida "Navbahor" "Paxtakor"ga 0:7 hisobida mag'lub bo'lgan edi. O'sha yil jamoa "Bunyodkor" bilan o'yinda 0:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygandi.

"Lochinlar" 2016 yilda beshinchi marta yirik hisobda mag'lub bo'lishdi. Bu borada faqat "Obod" klubi (6ta yirik mag'lubiyat) "Navbahor"dan "ustun".

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia